Saʼdullo Quronov
Maqola · 2017 · Filologiya masalalari jurnali, 2017, № 1
Mazkur maqolada Sharq mumtoz sanʼatlari, xususan, adabiyotda badiiy sintezning tutgan oʻrni, sanʼat turlarining oʻzaro hamkorligi asosiga qurilgan taraqqiyot yoʻllari oʻrganiladi. Ishda sheʼriyat, xattotlik va miniatyura sanʼatlarining vizual obraz yaratishdagi oʻzaro uygʻun munosabati misollar asosida tadqiq etilgan. Kalit soʻzlar: mumtoz sanʼatlar, badiiy sintez, xattotlik, kalligrafiya, miniatyura, vizual obraz, obyektiv tasvir, grafik sheʼr. Mumtoz adabiyot namunalari haqida soʻz borarkan,…
Saʼdullo Quronov
Maqola · 2015 · Ilmiy xabarnoma (ADU), 2015, № 4
Oʻtgan asrning 20-yillari oʻrtalarida Choʻlpon “Navoiy, Lutfiy, Bayqaro, Mashrab, Umarxon, Fazliy, Furqat, Muqimiylarni oʻqiymen: bir xil, bir xil, bir xil! Koʻngul boshqa narsa – yangilik qidiradir”, deb yozgandi. Oʻshanda Choʻlpon dahosi mumtoz adabiyot namunalarini kamsitishni koʻzlamay, balki oʻz zamondoshlari kayfiyatiga mos sheʼriyatni izlayotgan edi. Zero XX asr boshlarida nafaqat sanʼat turlari ichida, balki jamiyatning turli sohalarida jiddiy islohotlar jarayoni kuzatilayotgan, bunda…
Saʼdullo Quronov
Maqola · 2015 · Sharq yulduzi jurnali, 2015, № 1
Maqolada Oybekning peyzaj lirikasi badiiy sintez tamoyillari asosida tadqiq etilgan. Oybek sheʼrlarining variantlari va qoʻlyozma shakllari oʻzaro taqqoslanib, soʻz vositasida vizual obrazlar yaratishda rangtasvir sanʼatiga xos ifodaviy xususiyatlarning ahamiyati ochib berilgan. This paper analyzes the landscape poetry Aybek in terms of the use of methods and techniques to recreate the visual artistic images. The article analyzes the verses that blend together techniques of visual and verbal…
Saʼdullo Quronov
Maqola · 2013 · Ilmiy xabarnoma (ADU), 2013, № 1
На примерах произведений поэта-модерниста Бахрама Рузимухаммада указывается процесс визуализации словесного образа в современной узбекской поэзии, выявляются и утверждаются основные факторы данного литературного явления. The article discusses interrelations of modernist trends in painting and literature. In the examples of the creative works of the poet-modernist Bahrom Pozimuhammad the author tries to show the process of visualization of fi gurative meaning of the word in modern Uzbek poetry,…
Saʼdullo Quronov
Maqola · 2010 · Ilmiy xabarnoma (ADU), 2010, № 1
Odatda ifodaviylik va tasviriylik sanʼat turlarini farqlovchi xususiyatlar sifatida tilga olinadi. Yaʼni tasviriy sanʼat turlarida (rangtasvir, arxitektura, haykaltaroshlik) badiiy obraz yaratishda tasvir yetakchilik qilsa, ifodaviy sanʼat turlarida voqelikni tasvirlashdan koʻra insonning ana shu voqelikdan olgan taassurotlari ifodasi birinchi planga chiqadi. Bu jihatdan badiiy adabiyot tasvirlash va ifodalash imkoniyatiga birdek ega ekani bilan boshqa sanʼat turlaridan ajralib turadi. Maxsus…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2010 · Sharq yulduzi, 2010, №5 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Tanqidchilikdagi adabiy portret istilohi, toʻgʻrirogʻi, uning asosi tasviriy sanʼatdan oʻzlashgani barchaga maʼlum. Tasviriy sanʼatdagi portret kishining musavvir tasavvuridagi aksi – unda prototipning musavvirga ayon boʻlgan mohiyati oniy lahzadagi qiyofasida qotirib qoʻyilgan. Adabiy portret ham shunday, uni oʻqigan oʻquvchi yozuvchini shaxs, ijodkor sifatidagi asosiy chizgilari bilan yaxlit holda tasavvur etadi. Portretni tomosha qilish asnosi tanish qiyofada notanish chizgilarni koʻrgan…
Saʼdullo Quronov
Maqola · 2010 · Sharq yulduzi jurnali, 2010, № 3
Sheʼr nasriy asardan koʻra kuchliroq estetik taʼsir etib, oʻziga xos zavq bera olishi bilan ajralib turadi. Albatta, bu, bir tarafi, sheʼrda his-tuygʻuning mos ritm, musiqiy ohangda ifodalanishi bilan ham bogʻliq, shu narsa sheʼrning taʼsirdorligini oshiradi. Biroq sheʼrning taʼsir kuchi ohangdorlikning oʻzi bilangina taʼminlanmaydi. Sheʼr his-tuygʻu ifodasi ekan, uning taʼsiri koʻp jihatdan shu his-tuygʻuning qanday ifoda etilishiga ham bogʻliq boʻladi. Sheʼriy ifoda obraz asosida amalga…
Saʼdullo Quronov
Maqola
Sheʼriyat va rangtasvirga egizak sanʼat turlari sifatida qarash uzoq tarixdan mavjud. Qadimgi yunon shoiri Simonid sheʼriyatga “gapiruvchi rangtasvir” rangtasvirga esa “soqov sheʼriyat” deya taʼrif bergandi. Oʻz davrida muallimi soniy deb eʼzozlangan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” nomli risolasida sheʼr sanʼati xususiyatlari haqida soʻz yuritarkan shunday yozadi: “... bu sanʼat ahli bilan (uyga) naqsh beruvchi rassom sanʼati oʻrtasida qandaydir munosabat bor. Bular ikkalasining…
Saʼdullo Quronov
Maqola · Jahon adabiyoti jurnali (hammuallif Dilnavoz Yusupova)
Mumtoz sanʼat namunalarini kuzatar ekanmiz, ifodada tavsifning ustuvorligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Yaʼni ijodkor oʻz asarida borliqni tashqi koʻrinishlari bilan tasvirlash va realistik tamoyillar asosidagi ifodaga u qadar ahamiyat bermaganligi koʻrinadi. Bu sanʼatkorning olamga obyektiv emas, koʻproq subyektiv tasvir asosida yondashuvi mahsulidir. Albatta, oʻsha davr estetik idealining xos xususiyatlari sanʼatkordan shu kabi ifodani “talab qilgan”. Chunki bu davr estetik qarashlarining…
Saʼdullo Quronov
Maqola
Aslida, sanʼat ijodkor qalbu ongida kechgan his-tuygʻu va gʻoyaning badiiy ifodasi oʻlaroq yaxlit hodisa esa-da, biz uni turlarga ajratishga odatlanganmiz. Albatta, sanʼatni turlarga ajratib tasniflash madaniy hayotimizda judayam zarur. Ammo na ijodkor va na talabgor (oʻquvchi, tomoshabin, tinglovchi va h.k.) sanʼat turlarining yaxlit hamda uygʻun hodisa ekanini unutishga haqli. Zero, chin asarning hassos yaratuvchisi olamni barcha sezgilari bilan idrok etadi. U ijod onlarida asariga…
Saʼdullo Quronov
Maqola
Mazkur maqolada madaniyatning turli bosqichlarida sanʼatkorning inson obrazi tasviriga boʻlgan munosabati badiiy sintez muammosi tamoyillari asosida tadqiq etilgan. Ishda inson qiyofasi tasviriga yondashuv muayyan davr estetik tafakkurini belgib beruvchi omil ekani tasdiqlangan. Unda oʻzbek sheʼriyatining klassik hamda zamonaviy namunalari tahlilga tortilib, davrlar osha takomillashib borgan inson tasviri – shaxsiyati oʻrganilgan. Kalit soʻzlar: badiiy sintez, inson qiyofasi, vizual sanʼat,…
Saʼdullo Quronov
Maqola
Insonning borliqni anglashida, u haqda tasavvur va bilimlarning paydo boʻlishida koʻrish (koʻz) markaziy oʻrinni egallaydi. Zero, dunyo haqidagi tasavvurlarimizning asosini koʻrish orqali olingan informatsiyalar tashkil etadi. Boshqa sezgilar asosida olinganlari uni toʻldiradi, sayqallaydi. Shu sababdan ham mahorat bilan chizilgan rangtasvir asari qarshisida nafaqat uni koʻrish, balki “hid bilish”, “eshitish” mumkin. Biz borliqni koʻramiz, sanʼatkor esa koʻrganini koʻrsatadi. Sanʼat badiiy aks…
Saʼdullo Quronov
Maqola
(Oybek lirikasi misolida) Annotatsiya: Mazkur maqolada Oybek ijodi simvolizm yoʻnalishining rantasvir hamda sheʼriyatdagi namunalari bilan qiyoslab tadqiq etilgan. Shuningdek, XX asrning 30 yillariga kelib zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida kechgan ifodaviy, gʻoyaviy yangilanishlar sanʼatlar aro badiiy sentezning koʻlamida oʻrganilgan. Kalit soʻzlar: badiiy sintez, poeziya, peyzaj lirikasi, rangtasvir, vizual sanʼatlar, tasviriy ifoda, simvolizm, impressionizm, modernizm, grafik sheʼrlar. XX asrning…
Saʼdullo Quronov
Maqola
Maqolada badiiy sintezning oʻziga xos tamoyillari hamda muammoga oid qarashlar tadriji, ushbu hodisaning mumtoz adabiyot poetik tizimida tutgan oʻrni va ahamiyati muxtasar yoritilgan. Xususan, sheʼriyat va rangtasvir sanʼatlarining sintezi zamonaviy oʻzbek poeziyasi namunalari misolida tadqiq etilgan. : badiiy sintez, poeziya, rangtasvir, miniatyura, vizual sanʼatlar, tasviriy ifoda, impressionizm, modernizm, kalligramma, grafik sheʼrlar. V statye kratko osveshenы osnovnыe prinsipы…
Saʼdullo Quronov
Maqola (rus tilida)
В психологии существует термин синэстезия. Когда органы чувств функционируют совместно, способствуя более интенсивному восприятию. Американская ученая Мелиссой Саэнс посвятила свою научную деятельность тому, чтобы обосновать явление, когда у некоторых людей процесс рассматривания сопровождался определенными голосами. Скажем, морские пейзажи, созданные знаменитым художником и одаренным синэстетом Айвазовским, как бы вобрали в себя шум прибоя, глядя на эти картины, можно услышать рокот моря,…