Adabiyotshunos olimlar Dilmurod Quronov va Saʼdullo Quronovning ilmiy-ijodiy faoliyati

Maqolalar, tezislar, maʼruzalar, badiiy ijod va kitoblar bir joyda.

Choʻlpon himoyaga muhtojmi?

Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning “Kecha va kunduz” romani nafaqat oʻzbek romanchiligi choʻqqilaridan biri, balki millat ruhiyati, tarixiy fojiasi va tilining betakror nafosati mujassam boʻlgan muqaddas merosdir. Choʻlpon nasri oddiy bayon emas; unda har bir soʻz, har bir tashbeh shoirona jilolanadi, oʻzbekning milliy turmushi, etnografiyasi va nafasi ufurib turadi. Shu bois, uni boshqa tilga oʻgirish tarjimondan faqat til bilishni emas, balki ulkan isteʼdod, chuqur tarixiy-etnografik…

Roman janri evolyutsiyasi haqida

Tarixning har bir yangi davri insonning borliqdagi oʻrni, uning hayotiy maqsad va vazifalarini oʻziga xos tarzda tushunish hamda talqin qilish evaziga vujudga kelgan. Badiiy adabiyot ham borliqni, mavjud voqelikni taftish qilish asnosida olam va odam haqida yaxlit badiiy hukm – badiiy konsepsiyani yaratadi. Adabiyotning markazida inson turishini hisobga olsak, badiiy konsepsiyaning negizini ham inson konsepsiyasi tashkil etishi oydinlashadi. Adabiyotshunoslikda badiiy tafakkurning uch tipi…

Sharq mumtoz adabiyotida badiiy sintezning ahamiyati

Mazkur maqolada Sharq mumtoz sanʼatlari, xususan, adabiyotda badiiy sintezning tutgan oʻrni, sanʼat turlarining oʻzaro hamkorligi asosiga qurilgan taraqqiyot yoʻllari oʻrganiladi. Ishda sheʼriyat, xattotlik va miniatyura sanʼatlarining vizual obraz yaratishdagi oʻzaro uygʻun munosabati misollar asosida tadqiq etilgan. Kalit soʻzlar: mumtoz sanʼatlar, badiiy sintez, xattotlik, kalligrafiya, miniatyura, vizual obraz, obyektiv tasvir, grafik sheʼr. Mumtoz adabiyot namunalari haqida soʻz borarkan,…

Faxriyor sheʼriyatida folklorizm: mifologik obrazlarning vizuallashuvi

Mazkur maqolada mifologik obrazning modern sheʼriyatdagi vizual ahamiyati va Faxriyor ijodida tasviriylikning oʻrni masalalari badiiy sintez muammosi tegrasida tadqiq etiladi. Tayanch soʻzlar: Vizual obraz, badiiy sintez, mifologik qahramon, tasviriy sanʼat, intertekstual oʻyin, impressionizm, modernizm. Modernizm yoʻnalishida ijod etuvchi sanʼatkorlarda mif, qadimgi afsona va rivoyatlarga qiziqish yuqori boʻlgan. Ayniqsa, bu yoʻnalishning F.Kafka, T.Mann, B. Brext, J.Joys kabi mashhur…

Importance of literal synthesis in the oriental classic literature

Abstract. The article studies the place of the literal synthesis in the oriental classic arts, especially in the literary arts, ways of their development based on the interrelations of the types of literary arts. On the basis of real examples the author tries to investigate the interrelations of poetry, calligraphy and the art of creating miniature. Key words: classic arts, literal synthesis, calligraphy, miniature, visual image, graphical verse. Аннотация. В статье исследуется роль…