Nasr

21 ta maqola

Baxtiyor Sheraliyev: “Galaktikada bir kun”ni bir kechada o‘qidim

Xabaringiz boʻlsa kerak, yaqinda oʻzbek bolalar adabiyotida “katta portlash” sodir boʻldi. Balki buni hali sezib ulgurmagan boʻlsangiz, ushbu post aynan siz uchun. Yaqinda “Akademnashr” nashriyoti tomonidan Saʼdullo Quronov qalamiga mansub “Galaktikada bir kun” deb nomlangan ilmiy-fantastik qissa nashr qilindi. Ushbu qissa bolalar uchun atalgan boʻlsa ham, men uni bemalol kattalar ham oʻqisa boʻladi deb oʻylayman. Shu vaqtgacha oʻzbek bolalar adabiyotining qiroli hisoblangan Xudoyberdi…

«Ming bir qiyofa» romanida erkin inson gʻoyasi

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida F.Nitsshe, Z.Freyd, A.Bergson, K.Yung kabi faylasuf va ruhshunoslarning qarashlaridan taʼsirlangan bir guruh ijodkorlar sanʼatda yangi – modernizm yoʻnalishiga asos soladilar. Modernistlar olamni mantiqqa tayanmagan hissiy "tafakkur" asosidagina toʻlaqonli tushunish mumkin deb hisoblaydilar. Ular bunda mantiqiy-analitik mushohadaga qarshi turib, irratsional ongni yetakchi sanaydilar. Modernizmga kelib insonga boʻlgan munosabat oʻzgardi, odamning mavjudlikdagi…

Bir ijodiy bahs xususida

Oʻtgan asrning oxirlarida nasrimizning yangi avlodi Gʻarb, Lotin Amerikasi va Uzoq Sharq nasriga favqulodda kuchli qiziqish bilan qaray boshladi. Bu XX asr boshlaridan shakllana boshlagan va beqiyos shiddat-la rivojlangan milliy badiiy proza anʼanalarini inkor qilish, yangi yoʻl izlash natijasi edi. Jamiyat hayotidagi keskin burilish davriga toʻgʻri kelgani uchun ham inkor ruhi gʻoyat kuchli edi. Sir emas, oʻsha sharoitda biz – oʻzidan avalgilar suyib oʻqigan asarlarni «zamona kemasidan…

Dostonlarda davr nafasi

Avvalo, ikki ogʻiz «doston» haqida. Adabiyotimiz oʻtmishiga sirtdangina nazar tashlansayoq juda qadimda shakllangan doston xalq ogʻzaki ijodidagi janrlar tizimining gultoji maqomida boʻlgani, mudom rivojlanish, oʻsish-oʻzgarishda yashagani koʻriladi. Xuddi shu xususiyat uning yozma adabiyotdagi hayotiga ham xos: «Qutadgʻu bilig» ham, «Muhabbatnoma» ham doston, «Hayrat ul-abror»-u «Farhod va Shirin» ham... – hammasi doston, lekin, masnaviy shakli-yu aruz oʻlchovlarida ekanini demasak, boshqa…

«Qor qoʻynida lola» hikoyasida kompozitsion tafakkur

Choʻlpon milliy sheʼriyatimizning poetik yangilanishiga qoʻshgan ulkan hissa koʻpchilik tomonidan eʼtirof etilgan boʻlsa-da, uning yangi nasrimiz shakllanishi va taraqqiyotida tutgan oʻrni hali yetarlicha ochib berilgan emas. Toʻgʻri, adibning romanchiligimiz badiiy takomiliga qoʻshgan hissasi, nasriy asarlari badiiyatining ayrim qirralari ochib berilgan tadqiqotlar yaraМумтоз сўз, 2015. Каримов Н. Чўлпон қачон туғилган? // Водийнома. 2018. №1. – Б.94 – 95. tildi. Biroq ular Choʻlponning…

Epik asar kompozitsiyasi

Asar nutq sathidan boshlab to badiiy voqeligi qadar oʻz qurilishi – kompozitsiyasiga ega. Shunga koʻra zamonaviy adabiyotshunoslikda asar qurilishini tadqiq etishda matn kompozitsiyasi, syujet kompozitsiyasi, personajlar sistemasi, badiiy vaqt va zamon, rivoya kompozitsiyasi, nuqtai nazar kompozitsiyasi kabi masalalar diqqat markazida turadi. Sanalgan jihatlarning epik asarlarga xos ekanini koʻrish qiyin emas. Bu tabiiy. Chunki epik, dramatik va lirik turga mansub asarlarning kompozitsiyasi…

Mustaqillik davri oʻzbek romanchiligida badiiy ifodaning yangilanishi

Oʻtgan asr 90-yillaridan boshlab milliy nasrimiz poetik arsenalida badiiy shartlilik salmogʻining keskin ortishi, ramziy-majoziy obrazlar asosiga qurilgan asarlarning koʻpayishi, modernistik izlanishlarning keng koʻlam kasb etishi kuzatiladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun O.Muxtor, T.Murod, X.Doʻstmuhammad, N.Eshonqul, Sh.Hamroyev singari koʻplab nosirlarning oʻsha yillardagi ijodiy izlanishlarini eslash kifoya. Mustaqillik davri oʻzbek romani deganimiz, ayonki, 80-yillar romanchiligining…

Adabiy asar haqida qaydlar

Mulohazalarimizda adabiy asarga xos bittagina, biroq nazdimizda eng muhim jihatdan turtki olamiz. U ham boʻlsa adabiy asarning, eng avval, nutq hodisasi ekanligi. Zero, adabiy asarning yaratuvchisi – nutq irod etayotgan odam, yozmoq – tasavvurdagi (implitsit) oʻquvchiga gapirmoq va aytganlarini soʻzma-soʻz yozuvda aks ettirib bormoq demakdir. Shunga mos holda adabiy asarning oʻquvchisi – tinglayotgan odam, negaki, oʻqimoq ham asli yozuvda manguga muhrlangan nutqni qayta jonlantirish va shu asno…

Yana davrlashtirish masalasiga doir

Maʼlumki, mustaqillikka qadar adabiyotshunosligimizda va shundan kelib chiqib adabiyot oʻqitishda davrlashtirish muammosi goʻyo «uzil-kesil hal qilingan», darslik va qoʻllanmalarda ikkita: «Oʻzbek adabiyoti tarixi» va «Oʻzbek sovet adabiyoti» davrlari ajratilar edi, vassalom. Albatta, nafaqat adabiyot, balki umuman insoniyat tarixiga «inqilobgacha – inqilobdan keyin» qolipida qaragan shoʻro fanining bir uzvi boʻlmish adabiyotshunoslik uchun bu ayni ilmiy haqiqat sanalgan. Zero, oʻtgan asr…

Zavqimdan bir shingil

Ahmad Aʼzamning ijodiy izlanishlari kaminani hamisha, nima desam ekan, hayratga solib, aniqrogʻi, shoshirib kelgan. Munday qarasang yozganlari oddiy narsalar-u, nimasidir biz koʻnikkan narsalarga oʻxshamaydigandek, ongimizda muqimlashgan nazariy qoidalarga koʻpam mos kelmaydigandek tuyulaveradi. Hozir, yozuvchining «Hali hayot bor» kitobini oʻqib turib, shu tuygʻu yana yangilandi... (...adashmasam, bu tuygʻu dastlab «Odamning olasi» hikoyasini oʻqish asnosi paydo boʻlgandi, shekilli. Sababi,…

Roman haqida ayrim mulohazalar

Ustoz U.Normatov roman haqida «Har bir millat adabiyotining boʻy-basti, darajasi, avvalo, shu janr kamolotiga qarab belgilanadi desam, buni hech kim mubolagʻaga yoʻymaydi», – deb yozadilar. Darhaqiqat, shunday. Biroq bu – bugunning gapi. Oʻz vaqtida esa romanga munosabat, deylik, hozirgi kun didli oʻquvchisining ommaviy adabiyotga, «sariq matbuot» sahifalarida eʼlon qilinadigan bitiklarga munosabati yangligʻ boʻlgan. Shu sabab ham, masalan, italyan adabiyotshunosi Antonio Minturno bundan qariyb…

Bezavol haqiqatlar

(Mutolaa mashqi) *** Menga qolsa, buyuk adibimiz Abdulla Qodiriyni ilhomlantirgan «moziyga qaytib ish koʻrish xayrli» naqlini jamiki kitob javonlariga yozdirib qoʻygan boʻlardim. Zero, boshqa bir ulugʻ adibimiz Abdulla Qahhor aytmoqchi, yaxshi asar qaziga oʻxshaydi, «chaynagan sari mazasi chiqadi». Demak, vaqti-vaqti bilan moziyga – ilgari oʻqilgan kitoblarga qaytib turmoq joiz ekan. Darhaqiqat, «Oʻtgan kunlar»ni har gal varaqlaganda oʻzing uchun nedir yangi narsani topgandek boʻlasan, kishi...…

Ilhom bilan yozilgan asar

Ilhomning makoni ... odamda mehr va gʻazab uygʻotadigan hodisa va voqealarning magʻzida... Abdulla Qahhor Yozuvchi Y.Shamsharov Abdulla Qahhor haqidagi xotiralarida poyezddagi hamrohining «Dahshat» hikoyasi toʻgʻrisidagi quyidagi fikrlarini keltiradi: «Oʻtmishda ayol zoti boshidagi hamma xoʻrlik, musibat goʻyo shu kichik hikoyaga joylab qoʻyilgan. Oʻqiysizu agar koʻnglingizdagi gʻazab, nafrat hissi zarraday boʻlsa, toʻp oʻqiday gumburlab otiladi: oʻsha Olimbek dodxoga, barcha dodxoyu boy,…

Mukammallik yoʻlida

1925 yil «Oʻtgan kunlar» romanining birinchi boʻlimi alohida kitob shaklida chop etilgach, A.Qodiriy nashrdan qoniqmagan va ilova etilgan uzrnomada: «imlosi uch-toʻrtta imlochilarimiz tomonidan tuzatilib ajoyib bir quroq holiga keldi, musahhihlarimizning musohalalari orqasida texnika jihati koʻz koʻrib quloq eshitmagan bir yoʻsinda chiqdi», – deb yozgan edi. Muallif bularning sababini «bosilishi chogʻida oʻzining hozir boʻla olmagʻanligʻi» bilan izohlab, ikkinchi boʻlimning «bunday xatolardan…

Kulgi zimnidagi jiddiyat

Sir emas, hozirda Gʻafur Gʻulom nomi tilga olinsayoq xayolimizga uning shoʻro yozuvchisi ekanligi, sheʼrlarida shoʻroni kuylagani keladi – xafsalamiz sovigandek boʻladi. Bugun, yubiley bahona adibning asarlarini qayta varaqlarkan, beixtiyor «keyingi yillarda qaror topgan bu xil munosabat adolatdan yiroqroq tushmaydimi» degan andisha tugʻiladi... Gʻafur Gʻulomning keng ommaga maʼlum va suyuk qissasi – «Shum bola»ga hozirda koʻproq sarguzasht asar, kulgi asari deb qaraymiz. Ha, chindan ham Shum…

«Oʻgʻri»ning himoyasiga ikki ogʻiz soʻz

Koʻpchiligimizni oʻylatib, adabiy davralarda turli bahslarga sabab boʻlayotgan, biroq uzil-kesil bir tarafga hal etilishi mahol boʻlgan muammolar tahliliga bagʻishlangan maqolalar matbuotimizda, koʻp boʻlmasa-da, eʼlon qilinib turibdi. Shubhasiz, bunday maqolalar juda katta ahamiyatga molik. Zero, oʻquvchini befarq qoldirmaydi: oʻylashga, munosabat bildirishga undaydi – alal-oqibat tafakkurimizni boyitadi. Suvon Meliyevning «Mehr sehri»1 nomli maqolasi, fikrimizcha, ayni shunday chiqishlardan…

"Oʻtmishdan ertaklar" qissasining yuragi

Yozuvchi yangi bir asar yaratarkan, idealidagi oʻquvchi bilan "muloqotda" boʻladi. Muallif asarning oʻquvchiga taʼsiri yuzasidan atrofdan nusxa koʻchirmaydi, aksincha, uni oʻz tafakkurida qayta ishlaydi, maqsad va gʻoyalariga toʻyintiradi. Asar syujeti shunday boʻlsinki, oʻquvchi undan zerikmasin, voqealar shunday ketma-ketlikda berilsinki, asar mohiyatini oʻquvchi toʻla anglab yetsin. Hech qanday ortiqcha voqea, ortiqcha detal boʻlmasin, ularning bari asar kompozitsiyasini hosil qilishda…

Ifoda va ifodaviylik

Yaqinda Faxriyorning “Geometrik bahor” sheʼri ustida izlanib, bir maqola yozgandim. Uni oʻqib koʻrgan ustozlarimdan biri “Siz Faxriyordan qoʻshimcha ravishda fazilat qidirmayapsizmi?” deb qoldi… Eʼtibor bersam, asar goʻzalliklari kashf etilarkan, aksariyat oʻquvchi va munaqqidlar “Buni hatto ijodkorning oʻzi ham anglab yetmagan boʻlsa kerak” deya undagi topilmani oʻzinikiday his etadi yoki bu goʻzallikni asardan zoʻrma-zoʻrakisiga chiqarib olingan degan xulosaga keladi. Ustozimiz Q. Yoʻldoshev…

Saʼdullo Quronov. Postmodern olamda manzil izlab…

Keyingi davr oʻzbek nasri haqida soʻz borarkan, kishi eʼtiborini, avvalo, bu jarayondagi rang-baranglik oʻziga tortadi. Zero, milliy adabiyotimizda yaratilayotgan asarlar nafaqat mazmun-mohiyatiga koʻra, balki ifoda shakllari jihatidan ham xilma-xillik kasb etmoqda. Albatta, bunga tabiiy hol sifatida qarasak oʻrinli boʻlar, chunki xozirgi globallashuv davrida biror shaxs yoxud butun bir ijtimoiy guruhning biror ruhiy-maʼnaviy holatda muqim yashashi qiyin. Xuddi shu hol oʻzbek adabiyotida ham…

Zamonaviy oʻzbek nasri va postmodernizm

XXI asr axborot asri. Fan-texnika, kommunikativ vositalarning hadsiz rivoji davr kishilariga tarqoq kayfiyatlarni ulashmoqda. Olam bugungi kun kishisi uchun turli rakurslardan akslanmoqda. Dunyoda sodir boʻlayotgan tezkor oʻzgarishlar, siyosiy-iqtisodiy vaziyat, oʻziga xos demokratik tamoyillar kishi xayolini shoshiradi, uning azaliy maqsad va vazifalariga taʼsir etadi. Fan taraqqiyoti ham shunga monand. Yaʼni postnoklassik fan oʻzidan oldingi metodlarni rivojlantirgan, eksprementlar jarayonida…

«Anor» hikoyasida obraz yaratish mahorati

Oʻz ijod mahsulini haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtarish, qoʻliga qalam olgan va ulugʻ choʻqqilar sari intilgan har bir yozuvchining maqsadidir. Bu maqsadga erishish esa adibdan yuksak mahoratni talab qiladi. Mahoratning muhim qirralaridan biri esa obraz yaratish sanʼatidir. Oʻzbek hikoyachiligining choʻqqilaridan biri hisoblanadigan «Anor» hikoyasida, Abdulla Qahhorning obraz yaratish barasidagi yuksak mahorati yaqqol koʻzga tashlanadi. Oʻtmish voqealaridan habar beruvchu bu asarda…